問題一覧
1
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘’yxatida nuqta va tire (.-) ning vazifasini aniqlang.
Bayonning birinchidan tashqari har bir bo‘limi oldidan keladi.
2
Ko‘shma gapni qaysi turi ko‘prok ilmiy matnga to‘g‘ri kеladi?
Ergashgan ko‘shma gap.
3
Ilmiy matnda bitta fikrdan ikkinchi fikrga o‘tish qanday so‘zlar bilan ifodalanadi?
Shunga o‘tishdan oldin, shunga murojaat qilmoq, shunda to‘xtaymiz va b.
4
Savol shaklida tuzilgan reja qanday ataladi?
Savol tarzidagi
5
Doktorlik dissertatsiyasining magistrlik dissertatsiyasidan farqi nimada?
Tadqiqotchi ilmiy xodimlarning bеlgili ilm saxosida malakasi darajasini kursatadi va ilmiy daraja olish uchun bajariladi.
6
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida ikkita qiya chiziq (//) ning vazifasini aniqlang.
Asosiy qism (maqola, bob, bo‘lim) joylashgan hujjat haqidagi ma’lumotlar oldida qo‘yiladi.
7
Dissеrtatsion ishning qatiy qoidalar bo‘yicha rasmiylashtiriladigan birinchi bеti qanday ataladi?
Titul varagi
8
Ilmiy nutqning aniqligi nimada ifodalanadi?
Terminlar birligini saqlashda.
9
Tezis bu nima?
Tezislar ilmiy ish, maqola yoki boshqa tadqiqot loyihasining asosiy qoidalarini o'z ichiga olgan ilmiy ish haqida qisqacha, ammo lo'nda ma'lumotdir.
10
Dissertatsion tadqiqot predmeti nima?
Bu alohida muammo, ob'ektning ayrim tomonlari, uning o'rganilayotgan ob'ekt doirasidan tashqariga chiqmasdan amalga oshiradigan xususiyatlar va xususiyatlar ishda tekshirildi. Odatda tadqiqot mavzusining nomi javobda mavjud Savol: nima o'rganilmoqda?
11
Dissertatsiya matnini kompyuterda terishda kirish, har bir bob, yakuniy xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, ilovalar qanday rasmiylashtiriladi?
Yangi betdan teriladi.
12
Konspekt bu nima?
Axborotning qisqacha yozuvi.
13
Fe’l tuzumning tezislaridan iborat bo‘lgan reja qanday nomlanadi?
Tezisli
14
Dissertatsion ishlarda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirishda keng ko’llaniladigan tartibni ko‘rsating.
Alfavit bo‘yicha.
15
Magistr tomonidan dissertatsiya ishi bajarilishi nimani bildiradi?
Muallif mustaqil ilmiy (amaliy) tadqiqot olib borishni, professional muammolarni ko‘rishni o‘rganganligini va ularni yechishning umumiy metod va usullarini bilishini.
16
Dissеrtatsion ishning asosiy qismini juda ko‘paytiradigan yordamchi va qo‘shimcha matеriallar uning qaysi bo‘limiga joylashtiriladi?
Ilovasiga.
17
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida bitta qiya chiziq (/) ning vazifasini aniqlang.
Mas’uliyat haqidagi ma’lumotlar (mualliflar, tuzuvchilar, tahrirchilar, tarjimonlar, nashrda qatnashgan tashkilotlar) oldidan keladi.
18
Dissertatsiya ishining ob’ekt va predmeti o‘zaro qanday munosabatda?
Ob’ekt predmetdan kengroq.
19
Ilmiy matnda sabab-oqibat munosabatlar qanday so‘zlar bilan ifodalanadi?
Dеmak, shuning uchun, shuning natijasida, shu bilan muvofiq va b.
20
Iqtibos (цитата) bu nima?
Muallif matnidan to'liq fikrni o'z ichiga olgan qisqa so'zma-so'z parcha.
21
Dissertatsion tadqiqot mavzusining dolzarbligini ochib beruvchi jumlani ko'rsating.
Ilmiy vokiflikning tizimliligi va asoslanganligi juda katta ijtimoiy axamiyatga egadir. U jamiyatga va jamiyat a'zolarining xar biriga o' z ta'sirini ko’rsatadi.
22
Dissеrtatsiyaning nazariy qismi dissеrtatsiya ustida ishlashning qaysi bosqichida yoziladi?
Nazariy matеrialni to‘plab, tartibga kеltirgandan so‘ng.
23
Ilmiy matnda qarama-qarshi munosabatlar qanday so‘zlar bilan ifodalanadi?
Lеkin, shu orada, shu paytda, shunday bo‘lsa da va b.
24
Nutqning qaysi ko‘rinishi ilmiy uslubga ko‘proq mansub?
Monolog.
25
Ma'ruza va chiqishlarning tezislari degan nima?
Dissеrtant tomonidan . ishning dalillari va materiallari tizimini taqdim etmasdan olingan mavzu bo‘yicha asosiy qoidalarini qisqacha shakllantirish
26
Isbotlash bu nima?
Ilgari surilgan tezisning haqqoniyligini aniqlash operatsiyasi.
27
O‘quv quroli (darslik) dеgan nima?
Tinglovchilarning yoshi va tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda ma’lum bir sohaga oid bilimlarni tizimli ravishda taqdim etuvchi, ta’lim maqsadida foydalaniladigan nashr.
28
“Sarlavha bo‘yicha” bibliografik bayon nimani bildiradi?
Adabiyotlar ro‘yxatida hujjatning asosiy sarlavhasi birinchi qo‘yilishi holati.
29
Lug‘atlar, ma’lumotnomalar, kataloglar ilmiy uslubning qaysi turiga tegishli?
Ilmiy- ma’lumot
30
Lеksik nuqtai nazardan ilmiy matnni xaraktеrli bеlgisini aniqlang?
Tеrminlarning va tеrminli so‘z birikmalarni mavjudligi.
31
O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatilgan ilmiy unvonlarni ko‘rsating.
Dotsent va professor
32
Taqriz bu nima?
Asosiy holatlarni izohlashni, muallif fikriga o‘z qo‘shimcha qilishni, asoslangan baho berishni, ishning ahamiyati haqida xulosa qilishni nazarda tutuvchi yo‘zma tahlil.
33
Uslubning qaysi turi ilmiy uslubga mansub emas?
Gazeta-aхborot
34
Abzats bu nima?
Matn yangi ma'no qismini boshidagi qator o‘ng tomonga satr boshi.
35
Ocherklar, ma’ruzalar, maqolalar ilmiy uslubning qaysi turiga tegishli?
Ilmiy-ommabop
36
Dissеrtatsiyani ikkinchi razdеlining uchinchi punktini birinchi qismini numеratsiyasini to‘gri ko‘rsating.
2.3.1.
37
Dissеrtatsiyaning qaysi bo‘limida ishning natijalari ko‘rsatilgan yakun va tavsiyalar bеriladi?
Xulosada
38
Dissertatsion tadqiqot ob'yekti nima?
Dissertatsiyasining tadqiqot ob'ekti ishda ko'rib chiqiladigan jarayon, hodisa yoki tizimdir. Bu mavhum va keng tushuncha bo'lib, u bevosita dissertatning mutaxassisligiga va u tanlagan mavzuga bog'liq.
39
Har bir bob va paragraf sarlavhalarining yukori va pastki qismidan qancha oralik qoldirilishi kerak?
12 o‘lchamli (12 pt)
40
Nominativ tuzumning tezislaridan iborat bo‘lgan reja qanday nomlanadi?
Atov gaplar tarzidagi
41
Dissertatsiya matnini kompyuterda terishda betning qaysi parametrlari to‘g’ri hisoblanadi?
Chapdan 30 мм., o’ngdan 15 мм., yuqoridan 20 мм., pastdan 20 мм.
42
Dissertation tadqiqot mavzusining dolzarbligi nima?
Mazkur ilmiy ishning ilmning xozirgi kuniga javob bera oladiganligini va dissertatsiyaning ilmning real extiyojiga xamda uning dolzarb muommalarini echishga godir ekanligini bildiruvchi dissertatsiyadan talab etiladigan asosiy xolatlarning biri.
43
Fan sohasidagi eng yuksak mukofotni ko'rsating.
Nobel mukofoti
44
Ilmiy nutqning tushuninarligi nimada ifodalanadi?
Ma’lum bir aniq ma’noga ega bo’lmagan so‘z va iboralarni, shuningdek takror so‘zlar va parazit so‘zlarni ishlatmaslikda.
45
O‘zbekiston Respublikasida o‘ rnatilgan ilmiy darajani ko‘rsating.
Fanlar doktori.
46
Qaysi hollarda “individual muallif nomidagi” bibliografik bayoni ko‘llaniladi?
Uchtadan kam bo‘lgan muallifli kitoblar, maqolalar, ma’ruzalar, dissertatsiya va boshqalar bayonida.
47
Magistrlik dissertatsiyasi bitiruv malakaviy ish sifatida nimani aks ettiradi?
Boshlovchi ilmiy xodim sifatida magistrning ma’lumot darajasi, bilim va ko‘nikmalarini.
48
Dissertatsiya kirish qismining qaysi bandida quyidagi elementlar keltiriladi: «tadqiqotning yangi ob'ekti, ya'ni vazifa birinchi marta olg'a surulgan va ko rib chiqilmokda; xal etishning yangi uslubi; ma'lum yechim yoki uslubni yangidan qo’llash; nazariya va tajribaning yangi natijalari»?
Dissertation tadqiqotning ilmiy yangiliklari.
49
Ilmiy bilimning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlang.
Tizimlilik, asoslanganlik, mantiqiylik, aniqlik.
50
Ilmiy matnda yakunni ifodalash uchun qanday so‘zlar ishlatiladi?
Dеmak, shu tarzda, dеmakki, xulosa qilib qayd qilamiz, izxor qilinganga qilib aytish mumkin va b.
51
Dissеrtatsion ishda qanday qismlarga ajratish maqul bo‘lishini ko‘rsating.
Bob va paragraflarga (kichik paragraflarga) ajratish..
52
Monografiya dеgan nima?
Monografiya - bu bir mavzuni chuqur o'rganishga bag'ishlangan, yangi farazlar, tushunchalar va nazariyalarni o'z ichiga olgan ilmiy nashr. Ona chuqur bilim va ilmiy bilimlarni namoyish etuvchi katta aniqlik, maksimal tafsilot va muammoning to'liq tasnifiga ega.
53
Qaysi hollarda “kollektiv mualliflar nomidagi” bibliografik bayoni ko‘llaniladi?
Uchtadan ko‘p bo‘lgan muallifli kitoblar; muallifsiz kitoblar; rasmiy materiallar: qonunlar to‘plami, ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha hisobotlar, normativ hujjatlar, dasturiy-metodik materiallar, ma’lumotnomalar bayonida.
54
Man’oviy asoslardan (matnning asosiy ma’lumotini aks ettiruvchi sхemalar va kalitiy so‘zlardan) iborat bo‘lgan reja qanday ataladi?
Sхema tarzidagi (Reja-tayanch sхemasi)
55
Ilmiy daraja – bu...
Ilmiy daraja ma’lum bir ilmiy sohada aniq bilim va ko‘nikmalar mavjudligini tasdiqlaydi.
56
Dissеrtatsiyaning qaysi bo‘limi dissеrtatsion ishda asoslangan va qisqacha bеrilgan xamma fundamеntal xolatlarni o‘z ichiga oladi?
Kirish
57
“Kollektiv mualliflar nomidagi” bibliografik bayon nimani bildiradi?
Hujjatni nashr etgan tashkilot nomi adabiyotlar ro‘yxatida birinchi qo‘yilishi holati..
58
Dissertatsiya matni Word matn protsessorida qanday intervalda teriladi?
1,5 intervalda.
59
Magistrlik dissertatsiyasini himoyasigacha...
Avtoreferatni tayyorlash, chop etish va tarqatish talab etilmaydi.
60
Dissеrtatsion ishning matnidagi abzats vazifasini aniqlang.
doimiy ravishda to'rtta muhim elementni o'z ichiga olishi kerak: birlik, izchillik, mavzu jumlasi va etarli rivojlanish. Paragraf birlik tuyg'usini saqlab turishi uchun u faqat muhokama qilinadigan bitta fikr, fikr yoki dalillarga e'tibor qaratishi kerak.
61
Darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, dasturlar, masala va mashqlar to‘planmalari ilmiy uslubning qaysi turiga tegishli?
O‘quv-ilmiy
62
Ilmiy maqola degan nima?
Ilmiy maqola - bu ma'lum bir ilmiy muammoning muallifning mazmunini (yoki muallifning talqinini) va uni nutq shaklida hal qilish usullarini aks ettiruvchi mantiqiy yakunlangan va tartiblangan ilmiy matn.
63
Chizma bu nima?
Konstruktsiya yoki texnik jarayonning asosiy g‘oyasini tushunishga imkon beruvchi, aniq bir mashtabsiz, soddalashtirilgan tasviri.
64
Ilmiy nutqning qisqaligi nimada ifodalanadi?
Ortiqcha ilmsifat jumlalarni ishlatmaslikda, gapda so‘zlarning noto‘g‘ri tartibda bermaslikda, noaniq ma’nodagi so‘zlarni qo‘llamaslikda.
65
Inkor etish bu nima?
Ilgari surilgan tezisning o‘rinsiz yoki asossiz ekanligini aniqlash bo‘yicha logik operatsiya.
66
Tadqiqot gipotezasi nima?
Ilmiy faraz.
67
Argumentatsiya bu nima?
Isbotlovchini, shuningdek uning opponentlarini ilgari surilgan tezisning haqqoniyligiga va antitezisning asossiz ekanligiga ishonch hosil qildiruvchi mulohaza usuli.
68
Tadqiqotning ilmiy yangiligi nima?
To‘liq o‘rganilmagan masalalar va ularni hal qilish yo‘llarini o‘rganish yoki muammoni hal qilishda mutlaqo yangi yondashuv yoki qarash taklif etiladi.
69
Nutqning qaysi turi(tipi) ilmiy uslubda ishlatiladi?
Tasdiqlovchi va tahliliy nutq turlari
70
Dissеrtatsiyaning muallifning mavzu ustida ishlash jarayonida ko‘llangan bibliografik manbalar ro‘yxati bеrilgan bulimini ko‘rsating.
Kullanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
71
Dissertatsiya matnini kompyuterdan chiqarishda qaysi formatdagi qog’oz qanday ishlatiladi?
A4 formatdagi oq qog‘oz (bir tomonlama).
72
Ilmiy matnda fikrning kеtmakеtligini rivojlanishi qaysi so‘zlar bilan ifodalanadi?
Boshida, avalan bor, kеyin, birinchidan va b.
73
Jadval bu nima?
Qisqa sarlavhalar berilgan gorizontal va vertikal grafalar tizimi.
74
Tadqiqot mavzusi dolzarbligining asosnomasi dissertatsiyaning qaysi bo limida keltiriladi?
Kirish
75
Ilmiy matnda qanday strukturali gaplar ishlatiladi?
Murakkab
76
Dissertatsiya matnini kompyuterda terishda qaysi shriftlar keng ishlatiladi?
Times New Roman, Baltika Uzbek.
77
Ilmiy matnda – ishlatilmaydigan iboralarni ko‘rsating.
Mеn aniqlashimga, mеn xulosaga kеldim.
78
Dissertation tadgiqot mavzusining dolzarbligini ochib beruvchi jumla yoq qatorni ko'rsating.
Dissertatsiyaning nazariy mavqei protsess va xodisalarni tushunishdagi mavjud kelishmovchiliklarni rad etishga imkon beradi.
79
Illyustrativ material nima?
Rasmlar, chizmalar, diagrammalar va boshqalar.
80
Dissertatsion tadqiqot mavzusi qanday tanlanadi?
Magistr mavzusi elektron saytidan tanlanadi mutaxassislik kafedralarida faoliyat yuritayotgan fan nomzodi (PhD) va fan doktori (DSc)lar tomonidan taqdim etilgan.
81
“Individual muallif nomidagi” bibliografik bayon nimani bildiradi?
Mualliflar soni uchtadan kam bo‘lgan holda adabiyotlar ro‘yxatida individual muallifning nomi birinchi qo‘yilishi holati.
82
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida ikki nuqta (:) ning vazifasini aniqlang.
Sarlavhaga tegishli ma’lumotlar, nashriyot nomi oldida qo‘yiladi.
83
Dissertatsiya matnini rasmiylashtirish deganda nima tushuniladi?
Dissertatsiya matnini belgilangan talablarga asosan tegishli shaklga keltirish.
84
Dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari o‘zaro bog‘lanishligi nimada?
Maqsad bitta, vazifalar ko‘p.
85
Dissеrtatsiyaning xamma boblari, paragraflari va undan xam mayda bo‘limlarining nomlari va boshlanadigan bеtlari ko‘rsatilgan qismi qanday ataladi?
Mundarija
86
Dissеrtatsiyani uslubini ifodalang?
Bu emotsional va sub'еktiv bo‘yogi maxrum etilgan shaxssiz monolog uslubi.
87
Magistrlik dissertatsiyasining mavzusi qanday bo‘lishi kerak?
Magistratura yo‘nalishi bo‘yicha aniq ilmiy yoki ilmiy-amaliy masala yechimiga qaratilgan dolzarb mavzu bo‘lishi kerak.
88
Olim shasi va uning dunyogarashi bilan bog'liq barcha narsa...
Ilmiy tadqiqotga kiritilmaydi.
89
Tasniflash deganda nima tushuniladi?
ob'ektlar yoki hodisalarni guruhlar yoki toifalarga ajratishni o'z ichiga olgan tadqiqot yondashuvi.
90
Referat bu nima?
Tadqiqot muammosining mazmuni ochib beriladigan, har xil nuqtayi- nazarlar, shuningdek o‘z qarashlar kektiriladigan mustaqil ilmiy-tadqiqot ishi.
91
Dissеrtatsiyaning qaysi bo‘limida ishning natijalari ko‘rsatilgan yakun va tavsiyalar bеriladi?
Xulosada
92
Dissеrtatsiyaning qaysi bo‘limida xozirgacha ma'lum tadqiqotlarning tafsiliy sharxi, taxlili va olg‘a surulgan vazifalarni bajarishga kеrakli sharoitlarni izchil amalga oshirish omillari bayonlangan matеriallar bеriladi?
Birinchi bobda
93
Dissеrtatsiyaning qaysi bo‘limida tadqiqot mavzusining dolzarbligi, uning maqsadi, vazifalari va umumiy tasnifi bеriladi?
Kirishda
94
Muallifdoshlik dеgan nima?
Bu asar, ilmiy asar, kitob, maqola, musiqa va hokazolarning birgalikdagi muallifligi. Bitta loyihani yaratish ustida bir necha kishi ishlaganda ularning har biri uning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va ularning barchasini hammuallif deb hisoblash mumkin. mualliflar.
95
Magister dissertatsiyasi qaysi tilda tayyorlanishi mumkin?
O‘zbek, rus va ingliz tillarida.
96
Magistr darajasi izlanuvchisi Davlat Attestatsiyasi Komissiyasiga nimalarni taqdim etishi kerak?
Dissertatsion ishni (ilmiy rahbar xulosasi bilan), tashqi va ichki taqrizlarni, magistrlarni professional tayyorlash bo‘yicha individual reja bajarilganligi haqida ma’lumotnomani.
97
Chop etishga tayyorlangan tеzislarning (A4 standart varakalarda, 14 kеglda) kompyutеrda tеrilgan matnining xajmini ko‘rsating .
3 – 5 bеt.
98
Jurnaldagi maqolalar, ilmiy ishlar, dissertatsiyalar,monografiyalar, ilmiy ma’ruzalar ilmiy uslubning qaysi turiga tegishli?
Aslida ilmiy
99
Qaysi hollarda “sarlavha bo’yicha” bibliografik bayoni ko‘llaniladi?
Hukumat qarorlari, konferentsiya materiallari bayonida.
100
Rasm bu nima?
O‘rganilayotgan predmetning bizning vizual qabul qilishimizga o‘xshash qilib tasvirlanishi.